Jizzax viloyati IIB M va MTB Xoʻjalik boʻlimi safdor xodimi, safdor Rasul Amirov bir necha yildan buyon sohada xizmat qilib kelmoqda. U 2010-yilda Doʻstlik tumanidagi tibbiyot kollejni tamomlaganidan soʻng, tuman kasalxonasida xalqimiz salomatligi yoʻlida mehnat qildi. Viloyat IIB Maxsus qabulxonasida faoliyatini boshlagan lavhamiz qahramoni, oʻz kasbiga sadoqati va masʼuliyati bilan hurmat qozondi.

Uning hozirgi faoliyatidagi asosiy vazifasi – boshqarmaga murojaat bilan kelayotgan fuqarolarni xushmuomalalik bilan kutib olish, ularni diqqat bilan tinglash va tegishliligiga koʻra masʼul xodimlarga yoʻnaltirishdan iborat. Bu esa fuqarolar bilan ishlashda sabr va madaniyatlilikni talab qiladi. Fuqarolar ishonchi yoʻlida xizmat olib borayotgan R.Amirovda bu xislatlarning barchasi mujassam. U oilali. Ikki qiz va bir oʻgʻilning mehribon otasi sifatida ham farzandlariga ibrat boʻlib kelmoqda.

 Sarvar SOBIROV,

 oʻz muxbirimiz.

 Jizzax viloyati.