Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Shuhratjon Sotvoldiev Yakkabogʻ tumani hokimligida sayyor qabul oʻtkazdi. Sayyor qabulda 3-sektorga qarashli mahallalarda yashovchi 18 nafar fuqaroning murojaati koʻrib chiqildi.
Murojaatlar asosini oʻzini oʻzi band qilish, bank krediti asosida tadbirkorlikni boshlash, ishga joylashish, harbiy xizmatga borish uchun toʻlovni amalga oshirishga oid masalalar tashkil etdi.
Murojaatlarning 3 tasiga joyida yechim topildi. Qolgan murojaatlar esa oʻrganish uchun vaqt talab etgani bois aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilab olinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Tadbir yakunida 3-sektor rahbari, polkovnik Shuhratjon Sotvoldiev manzilli ishlarni jadallashtirish, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarning kundalik muammolarini birma-bir oʻrganish, nogiron, boquvchisini yoʻqotgan insonlarning holidan xabar olish borasida tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga koʻrsatmalar berdi.
Sodiq Rahimov,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
