Qashqadaryo viloyati 3-sektori ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar davomida Chiroqchi tumani “Dursun” mahallasida yashaydigan, “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi Dilbar Qurbonovaning uch xonali uyi va yordamchi xoʻjalik binolari taʼmirga muhtojligi aniqlandi.
Bu holat darhol sektor rahbari tomonidan nazoratga olinib, muammoni hal etish choralari koʻrildi. Natijada Chiroqchi tumanida qurilish ishlari bilan shugʻullanuvchi “Chaqmoq quruvchi” MCHJ rahbari S.Boymirzayev homiyligi asosida ayolning uyi toʻliq taʼmirlab berildi. Bundan tashqari, tomorqasi tartibga keltirilib, oilaning yashashi uchun munosib sharoit yaratildi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
