Xatirchilik 25 yoshli Shaxboz (ismlar oʻzgartirilgan) bir necha yillardan buyon Uchquduq tumanida ishlaydi. U ishxonasi yaqinida joylashgan “Oʻzbegim” savdo doʻkonining doimiy xaridorlaridan. Doʻkon egasi Lola opa hisob raqamidan boshqa bir hisob raqamiga pul koʻchirish uchun uyali telefoniga yangi ilova yuklab olgan edi. Ammo uni ishlatolmayotgani uchun Shaxbozdan yordam soʻradi. Uchar yigit esa buni qulay fursat deb, biryoʻla oʻzining hisob kartasiga ham 20 mln soʻm pulni oʻtkazib, doʻkon egasini chuv tushirdi.

Shu voqeadan soʻng u ishini almashtirdi va Lola opaning koʻziga koʻrinmay ketdi. Doʻkon egasi hisob raqamidagi pullarning qaerga ketganini bilguncha ancha ovorayu sarson boʻldi. Ayolning gumoni esa haqiqat boʻlib chiqdi. Shaxbozga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.