Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Axborot-kutubxona markazi Gʻijduvon tumani IIB bilan hamkorlikda “Eng zukko ichki ishlar xodimi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Tadbirda qirqdan ortiq ichki ishlar xodimi ishtirok etdi. AKM mutaxassisi M. Joʻrayeva Respublika miqyosida oʻtkazib kelinayotgan II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” toʻgʻrisida gapirib, A. Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari hamda Oʻ. Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asarlari yuzasidan tuzilgan test savollari bilan tanishtirib, test savollari tarqatib chiqildi.
Ushbu tanlovda faol ishtirok etgan xodimlar yuqori oʻrinlarni egalladi. Jumladan, birinchi oʻrinni tuman IIB huzuridagi TBJTQB boshligʻi, mayor Shuxrat Qazoqovga nasib etdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni tuman IIB profilaktika katta inspektori, mayor Iskandar Bafoyev hamda tuman IIB XRB VIMB inspektor psixologi, leytenat Gulnoza Ismoilovalar egallashdi. Tanlov gʻoliblariga Axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliq hamda kitoblar taqdim etildi.
Tuygʻun ASHUROV,
mayor.
Buxoro viloyati.
