Guliston shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi xodimlari tomonidan Guliston Olimpiya zahiralari kolleji hamda Guliston Akademik litseyida “Oʻquvchi va talabalar orasida giyohvandlik vositalarining tarqatilishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbirlari tashkil etildi.

Unda Guliston shahar IIB boshligʻining sohaviy xizmatlar boʻyicha oʻrinbosarlari oʻquvchi yoshlar bilan muloqotda boʻlib, giyohvandlik hamda psixotrop moddalar jinoyatchiligi bilan bogʻliq holatlarga beparvo boʻlmasliklari, sogʻlom turmush tarzini targʻib etishda faol boʻlish lozimligi haqida tushuntirish ishlari olib borishdi.

Targʻibot guruhiga jalb etilgan viloyat Narkologiya dispanseri xodimlari giyohvandlikning ayanchli oqibatlari hamda bu illatga qarshi qonunchilikda belgilangan meʼyorlar toʻgʻrisida maʼruza qilishdi.

Tadbir davomida yoshlarga giyohvandlikning oqibatlari toʻgʻrisida videomateriallar namoyish etildi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.