Chilonzor tumanidagi 181-maktabda mahalla faollari, tuman IIOFMB masʼul xodimlari hamda IIV Akademiyasi oʻqituvchilari ishtirokida maktabning 10-11-sinf oʻquvchilari bilan huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, narkojinoyatchilik va uning salbiy oqibatlar toʻgʻrisida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Targʻibot tadbirida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, oʻquvchilar orasida psixofaol moddalarning tarqalishiga batamom chek qoʻyish, ularda giyohvandlik illatiga murosasiz munosabatni shakllantirish lozimligi taʼkidlandi.
- Oʻquvchilar boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish - jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi IIV Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi dotsenti, mayor A.Zulfiqorov. – Surunkali dars qoldiruvchi, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil oʻquvchilar bilan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirda yoshlarni giyohvandlik illatidan asrash, bu borada ota-onalar bilan ham profilaktik tushuntirish ishlarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.
