Baxmal tumani hokimligida IIV hamda Jizzax viloyati IIB tashabbusi bilan giyohvand va psixotrop moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan yigʻilish tashkil etildi. Tumandagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari faollari, shuningdek huquq-tartibot, taʼlim, sogʻliqni saqlash kabi tashkilot va muassasalar vakillari ishtirokida uyushtirilgan tadbirda hududda roʻy bergan mazkur turdagi jinoyatlar tafsilotlari bayon etildi.

Xususan, 2022 yilda Jizzax viloyati hududida psixotrop moddalar savdosi bilan bogʻliq 10 dan ziyod jinoyat sodir etilgani, 14 nafar shaxs qoʻlga olingani, ulardan 6 nafari Baxmal tumanida istiqomat qilishi taʼkidlandi. Oʻz navbatida ushbu shaxslarga qoʻllangan jazo choralari toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Yigʻilganlarga giyohvand modda va vositalar bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.