“Namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari” koʻrik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi ham boʻlib oʻtdi. Unda nafaqat namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari, balki eng faol xodimlar va jamoatchilik vakillari orasidan ham nominatsiya gʻoliblari aniqlandi.
Xususan, “Eng faol sektor rahbari”, “Eng faol profilaktika inspektori”, “Eng faol xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori”, “Eng namunali xotin-qizlar faoli” “Eng faol inspektor-psixolog”, “Eng faol probatsiya xizmati inspektori”, “Eng faol patrul-post xizmati inspektori”, “Eng faol yoʻl-patrul xizmati inspektori”, “Eng faol mahalla fuqarolar yigʻini raisi”, “Eng faol hokim yordamchisi” va “Eng faol yoshlar yetakchisi” kabi nominatsiya gʻoliblari maxsus diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shundan soʻng, tanlovning asosiy nominatsiyasi “Namunali mahalla huquq-tartibot maskani” gʻoliblari birma-bir sahnaga taklif etildi. 3-oʻrin Sergeli tumani “Nurhayot” MFY hududidagi mahalla huquq-tartibot maskani, 2-oʻrin Uchtepa tumani “Xuroson” MFY hududiga xizmat koʻrsatuvchi mahalla huquq-tartibot maskaniga nasib etdi. Mutlaq gʻolib – 1-oʻrin esa Yunusobod tumani “Bogʻishamol” MFY hududiga xizmat koʻrsatuvchi mahalla huquq-tartibot maskaniga berildi.
Endi navbat respublika bosqichiga. Unda poytaxt miqyosida tengsiz deb topilgan nominatsiya gʻoliblari ishtirok etishadi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.