Surxondaryo viloyati IIB tarkibiy tuzilma va hududiy boʻlinmalari xodimlari oʻrtasidagi «Kasbiy olimpiada» musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Ichki ishlar organlarida yuqori kasbiy va jismoniy tayyorgarlikka ega xodimlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan bellashuvda ishtirokchilar bor kuch va mahoratlarini namoyon etishdi. Xususan, koʻpkurash bahslarida bellashgan xodimlar kasbiy tayyorgarlik hamda Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi boʻyicha test savollariga javob berishdi.
Musobaqa yakunida birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan hamda turli nominasiyalarda gʻolib boʻlgan xodimlar musobaqaning respublika bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Oʻz muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
