Yaqinda IIV JAR sport sogʻlomlashtirish majmuasida sportning ushu turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi oʻtkazildi. Unda barcha viloyatlar va Qoraqalpogʻiston respublikasidan 800 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, gʻoliblik uchun astoyidil kurashgan vazirlik IIV Malaka oshirish instituti tinglovchisi, safdor J. Boboqulov barcha raqiblarini dogʻda qoldirib, 90 kg. vazn toifasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, safdorlar T. Mamadaliyev, E. Tilavov hamda O. Narziyevlar 70, 80 va 85 kg. vaznda ikkinchi pogʻonani zabt etgan boʻlsa, 65 va 75 kg. vazn toifalarida yana tinglovchi safdorlar M. Boʻriyev va X. Ibragimovlar bronza medali bilan kifoyalanishdi.

Shu boisdan, ularni ana shunday gʻalaba bilan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.