Fargʻona viloyatida “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” yuqori saviyada oʻtkazilmoqda.
Haftalik doirasida taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilib, kiberjinoyat tushunchasi, uning kelib chiqishiga sharoit yaratib beradigan omillar yigʻilganlarga aniq misollar orqali yetkazilyapti. Joylarda yoshlar ishtirokida turli koʻrik-tanlovlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Kiberxavfsizlik bilimdonlari” intellektual oʻyini yuqori saviyada tashkil etildi. Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan mazkur bahsda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan bilimdonlar ishtirok etib, gʻoliblik uchun kurash olib bordilar.
Oʻyin gʻoliblari haftalik yakunida munosib taqdirlanadi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
