Jizzax shahrining “Jizzaxlik” mahallasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullarining aholi va yoshlar uchun ommaviy sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Mazkur jarayonda Jizzax viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Azizbek Habibullaev fuqarolar tomonidan ishga joylashish, turar joy taʼmiri uchun mablagʻ ajratish, davolanish, ishga tiklanish, qonunbuzarga nisbatan chora koʻrish, oʻrta umumtaʼlim maktablari qarshisiga svetofor oʻrnatish kabi qator masalalarni hal qilish choralarini belgiladi.

Oʻz muxbirimiz.