Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonining shaxsiy tarkib boʻyicha navbatdagi buyrugʻi bilan xizmatga yangi qabul qilingan 21 nafar nomzodga harbiy qismlarga yoʻllanmalar berildi. Shuningdek, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilingan osoyishtalik posbonlari tantanali ravishda Halollik qasamyodini qabul qilishdi.  

Tadbir avvalida soʻzga chiqqan Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari, polkovnik D. Ashurov ona Vatanimiz himoyachilarining kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab, doimo kasbiga sodiq boʻlishini alohida taʼkidladi. 

Shu bilan birga, tajribali harbiy xizmatchilar oʻzlarining mashaqqatli faoliyati, erishgan yutuqlari toʻgʻrisida yoshlarga soʻzlab berishdi. Shundan soʻng, yosh harbiy xizmatchilar qoʻmondonlik hududida joylashgan Qorovul qoʻshinlari muzeyida boʻlib, soha vakillarining shonli tarixi bilan yaqindan tanishishdi.  

Ilhom EGAMBERDIYEV,

isteʼfodagi serjant.