Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik R.Doʻstmatov boshchiligidagi ishchi guruh Nishon tumanidagi “Shirinobod” mahallasida boʻldi. 

“Qizil” toifadagi mahallada “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha oʻrganishlar olib borildi, mutasaddilarga amaliy yordam koʻrsatildi. 

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari mahalla yoshlari bilan uchrashib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, bank krediti asosida oʻzini oʻzi band qilish, yer ajratilishi boʻyicha takliflarni tingladi. “Mahalla yettiligi”ga yoshlarning takliflarini inobatga olgan holda, ularning bandligini taʼminlash, ular oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish topshirigʻi berildi.

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.