Denov tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti, kapitan Olimjon Vahobov hamda tuman IIB HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori, kapitan Guljamol Elmurodovalarning oilasi yaqinda ibratli oila sifatida tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.
Oilaboshi Olimjon Vahobov IIV
Akademiyasini tamomlab, 2018-yildan ichki ishlar organlarida ekspert-kriminalistika yoʻnalishida xizmat qilmoqda. U oʻzining tirishqoqligi, kasbini puxta bilishi bilan kasbdoshlari orasida hurmat qozongan. Hozirda tuman IIB Ekspert-kiriminalistika guruhi katta eksperti lavozimida faoliyat koʻrsatayotgan O.Vahobov tezkor-tergov guruhi bilan voqea joylariga chiqib, koʻplab jinoyatlarning fosh etilishida jonbozlik koʻrsatgan. Jumladan, birgina joriy yilning oʻtgan davri mobaynida u
91 marotaba tergov harakatlarida faol ishtirok etgan.
Kapitan Guljamol Elmurodova ham hududdagi xotin-qizlar muammolarini yechish, oilaviy nizolarga barham berish, ayollar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha koʻplab natijalarga erishib kelmoqda.
Muhimi, juftlik ham xizmat faoliyatida, ham oilaviy hayotda bir-birini tushunib, qoʻllab-quvvatlagan holda boshqalarga namuna koʻrsatmoqda.
Feruza RAHMONQULOVA,
oʻz muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
