Urganch shahrida bir qancha jinoyatlar sodir etib, jazodan qochib yurgan E.Qodirni qoʻlga olish ancha qiyin kechdi. Kunlarning birida «qochoq» uyiga kelganligi haqida tezkor xabar oldik. Vaqtni oʻtkazmasdan darhol uning xonadoniga bordik. Har galgidek xotini «Uyga kelmadilar», deb javob berdi. Lekin ostonaga tashlangan tamaki qoldiqlari uyda erkak kishining borligidan darak berib turardi. Zudlik bilan har bir xonani koʻzdan kechira boshladik.
Navbat ikkinchi qavatdagi mehmonxonaga kelganida, xonadon sohibasi bezovtalana boshladi. Mehmonxonani koʻzdan kechirayotib, burchakka tikka qilib qoʻyilgan gilamlar diqqatimizni tortdi. Gilamlarni birma-bir ochib koʻra boshladik. Qodir ulardan birining ichiga yashiringan ekan. Darhol uni shahar IIBga olib keldik. Koʻp oʻtmay jinoyatchi qilmishiga yarasha javobgarlikka tortildi.
Gʻofurjon DAVLATOV,
isteʼfodagi polkovnik.
