IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasida podpolkovnik Shohrux Mirzaevning pensiyaga chiqishi munosabati bilan kuzatuv tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda soʻz olganlar uzoq yillik xizmati davomida u oʻzining mehnatsevarligi, tirishqoqligi va kasbiga sadoqati bilan jamoadoshlariga ibrat boʻlgani, zimmasiga yuklatilgan vazifalarga astoydil yondashib, har bir topshiriqni oʻz vaqtida ado etib kelganini alohida taʼkidlashdi. Shu bilan birga, fidoyi xizmatlari uchun vazirlik rahbariyati tomonidan bir necha bor ragʻbatlantirilgani aytildi. 

Shohrux Mirzaev IIV Akademiyasini tamomlaganidan soʻng poytaxtimizning Chilonzor tumani IIB Tergov boʻlimida faoliyatini bosh­lagan. Keyinchalik u Yunusobod tumani IIB Tergov boʻlimida samarali xizmat qildi. Soʻngra IIV Oʻz xavfsizligi boshqarmasida fao­liyat yuritib, 

2021 yildan boshlab Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasida xizmat qildi.

 Tadbir yakunida Sh.Mirzaevga milliy toʻn kiydirilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Oʻz muxbirimiz.