Fargʻona viloyati IIB hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqida viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Memoranumda ichki ishlar organlari tizimida bandlik yoʻnalishidagi davlat siyosatini yanada takomillashtirish, band boʻlmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirish boʻyicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasini kuchaytirishda tomonlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash koʻzda tutilgan.
Ushbu huquqiy hujjatda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Bandlik bosh boshqarmasi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazi, professional taʼlim muassasalarida va “usta-shogird” usulida oʻqitishni tashkil etish ham belgilab qoʻyildi.
Tadbirda soha rahbarlari tomonidan memorandumda koʻzda tutilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
