Norin tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 29-maktabda amaliyotchi psixologlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Unda soʻzga chiqqan maktab direktori R.Rasulova, “Kemaboshi” mahalla fuqarolar yigʻiniga xizmat koʻrsatuvchi profilaktika inspektori, katta leytenant Ya.Oʻrinboev maktablardagi psixologlar bilan hamkorlik jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim omil ekanini taʼkidladilar. Bundan tashqari, hududda voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzurliklar sodir etilmaganiga maktab pisxologining bolalar bilan ishlashdagi tajribasi asosiy sabab boʻlayotgani alohida eʼtirof etildi.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,

“Postda” muxbiri.

Namangan viloyati.