IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy hudud 47-son manzil koloniyasida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani IIB JXX YHXB masʼul xodimlari bilan hamkorlikda avtoreyd oʻtkazildi. Bundan koʻzlangan maqsad xodimlarning transport vositalarini boshqarish chogʻida qonuniylikka, xizmat intizomiga hamda yoʻl harakati qoidalariga rioya etishlari yuzasidan tushunchalar berish edi.
Tadbir davomida mutaxassislar xodimlarga transport vositasini spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda boshqarmaslik, boshqa yoʻl harakati ishtirokchilariga nisbatan xushmuomala boʻlish hamda yoʻl belgilari talablariga qatʼiy rioya etish lozimligini eslatishdi. Shuningdek, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.
Norbek ABDURAHMONOV,
kapitan.
