Fargʻona shahrida Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy idoralararo komissiyasi aʼzolarining navbatdagi yigʻilishi va oʻquv seminari oʻtkazildi.
Fargʻona viloyati hokimligi, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazining Fargʻona viloyati boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etilib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr almashildi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining tegishli mutaxassislari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etgan tadbirning birinchi qismida “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni mazmun-mohiyati, qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar, xalqaro tajribalar haqida atroflicha soʻz yuritildi.
Odam savdosi jinoyatining yuzaga kelishiga sabab boʻlayotgan omillar, ularning oldini olish choralari, bu jinoyatdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish usullari haqida maʼmulotlar berildi.
Shu bilan birga, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy idoralararo komissiyasi aʼzolari tomonidan hamkorlikda bajariladigan ishlar, kelgusi rajalar ham oʻzaro kelishib olindi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
