Ertasi kuni barmoq izlarining yaroqlilarini ajratish hamda daktiloskopik bazadagi izlar bilan taqqoslashni oʻrgatgandi. Mabodo ishim koʻngildagidek chiqmasa, oʻsha vazifani qayta-qayta bajarishga undardi. Shu tarzda Jizzax viloyati IIB Eks­pert-kriminalistika markazi eksperti, kapitan Keldiyor Alibekovning shogirdi sifatida sohaning nozik sirlarini oʻzlashtira boshlagandim. 

U nafaqat chuqur bilimi, balki samimiy hamda ochiqkoʻngilligi bilan meni qoyil qoldirardi. Shu maʼnoda undagi ezgu xislatlarni oʻzimga yuqtirishga astoydil intilganman. Nazarimda, Keldi­yor aka ichki ishlar organlari tizimida faoliyat yuritmagani­da, albatta, ajoyib oʻqituvchi boʻlardi. 

Yana uning hamma ishga ulgurishi bizni hayratga soladi. Chunonchi, navbatchiligining ertasi kuni voqea joyiga otlanganiga koʻp bora guvoh boʻlaman. Shuningdek, eks­pert-kriminalistlar oʻrtasida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlarga tayyorgarlik koʻrish va qator yutuqlarni qoʻlga kiri­tishning uddasidan chiqadi. Jinoyatlarni fosh etish borasidagi muvaffaqiyatlari haqida gapirmasa ham boʻladi. 

Tabiiyki, saʼy-harakatlariga yarasha IIV hamda viloyat IIB tomonidan koʻp bora faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan. Koʻksini «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun», «Aʼlo xizmatlari uchun» koʻkrak ni­shonlari bezab turibdi. Oilasi ham havas qilgudek. Farzandlaridan biri poytaxtdagi Bojxona institutida, boshqasi IIV Jizzax akademik litseyida taʼlim olayotir.

Hozirda Jizzax viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti, 

podpolkovnik Keldi­yor Alibekovning men kabi oʻndan oshiq shogirdlari bor. Shu maʼnoda shaxsiy tarkibimiz 

21 yillik tajribaga ega ustozimizni behad qadrlaydi. Xususan, men sohada neki yutuqqa erishgan boʻlsam, barchasida Keldiyor aka­ning hissasi bor, deb oʻylayman. Hamon ustozimdan bilmaganlarimni soʻrayman.

Dilafroʻz PARDAYEVA,

podpolkovnik.

Jizzax viloyati.

Suratda: Jizzax viloyati IIB bosh eksperti, podpolkovnik Dilafroʻz Pardayeva ustozi, podpolkovnik Keldiyor 

Alibekov bilan.