Buxoro viloyati IIB Davolash profilaktika muassasalari Tibbiyot boʻlimi xodimlari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi tibbiy hamshirasi” respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi. Tanlovda bilimli, kasbiy malakasi, shaxsiy sifatlari bilan ajralib turadigan, mehnat faoliyati davomida boshqalarga oʻrnak boʻlib kelayotgan 6 nafar hamshira bellashdi.

Toʻrtta shart asosida boʻlib oʻtgan koʻrik-tanlovning yakuniy natijasiga koʻra, faxrli birinchi oʻrinni Madina Qodirova, ikkinchi oʻrinni Nigina Ochilova va uchinchi oʻrinni Aziza Muzaffarova egalladi. Shuningdek, yana uch nafar tibbiy hamshiralar faol ishtiroki uchun alohida eʼtirof etildi.

Bundan tashqari, birinchi oʻrin sohibasiga koʻrik-tanlovning respublika bosqichiga qatnashish huquqini beruvchi sertifikat topshirildi. Tanlov gʻoliblari viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplom, qimmatbaho sovgʻalar va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Sh.SAFAROVA,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.