Piskent tumani IIB Tashkiliy boʻlinmasi boshligʻi, kapitan Ilyos Omonov oʻz kasbiga sadoqatli, masʼuliyatli rahbar xodimlardan biri. U qoʻl ostidagi xodimlarga talabchan boʻlib, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bekamu koʻst bajarilishini taʼminlab kelayotir.
Mazkur suratli lavhada u boʻlinma kanselyariyasi boshligʻi, safdor Manzura Joʻraboyevaga IIBga kelib tushayotgan hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olish va oʻz vaqtida ijroga qaratilishini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar bermoqda.
Oʻz muxbirimiz.