IIV1-sonli Toshkent akademik litseyida oʻqishga munosib nomzodlarni qabul qilish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi. Bunda Bektemir tumanidagi 346-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Oʻquvchilarga akademik litseyda yaratilgan sharoitlar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi. Tadbirda bu boradagi uchrashuvlar oʻzaro hamkorlik mustahkamlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlab oʻtildi.

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.