Bugun qay manzilga qaramang, bayramona kayfiyat. Chunki Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligini har bir soha xodimlari oʻzgacha nishonlashga kirishgan. Ular orasida Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari ham bor.
Bayram munosabati bilan viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan turizm namoyishi obʼektlariga tashrif buyuruvchi sayyohlar va fuqarolarimizga “Mustaqillikning 30 yilligi” bitilgan maxsus bayroqchalar va koʻkrak nishonlari tarqatilmoqda. Shuningdek, vohada xizmat oʻtayotgan ichki ishlar organlari xodimlari barcha vatandoshlarimizni ushbu tantana bilan qizgʻin muborakbod etmoqda.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
