Bu surat 2006-yil 29-mart kuni IIV Akademiyasi saf maydonida, serjantlar tarkibini tayyorlash boʻyicha oliy kurslarining tantanali Bitiruv marosimi paytida olingan. Unda dirijyor, polkovnik Grigor Terzyan magʻrur turibdi. 

Grigor Terzyan Gretsiyaning Korfu orolida dunyoga kelgan. Ijodiy faoliyatini 10 yoshida boshlagan. Terzyanlar oilasi 1948-yil boshida Armanistonga koʻchib oʻtgan, Grigorni 18 yoshida Qirgʻizistonning Oʻsh shahridagi harbiy orkestrga harbiy xizmatga chaqirishadi. 1962-yilda u Namangan musiqa bilim yurtiga oʻqishga kiradi va harbiy xizmatdan ajralmagan holda, tahsil oladi. Oradan ikki yil oʻtgach esa, Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kiradi. U 1969-yilda konservatoriyani muvaffaqiyatli tamomlaydi. leytenant Grigor Terzyan xizmat faoliyatini IIV Ichki qoʻshinlarida davom ettiradi. 1975-yilda G.Terzyanga «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni va «kapitan» unvoni beriladi. 1980-yildan 2009-yilga qadar G.Terzyan Ichki qoʻshinlar harbiy orkestri boshligʻi lavozimida samarali xizmat qilib, oʻnlab shogirdlar yetishtiradi. 

Abu КЕNJAYEV,

fotomuxbir.