Maʼlumki, joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligiga 32 yil toʻlmoqda. 

Hozirda ushbu sanani munosib kutib olish yuzasidan joylarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Nukus shahridagi 7261 harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari uchun tashkil etildi. Dastlab harbiy xizmatchilar Shimoli–Gʻarbiy harbiy okrugiga qarashli ofitserlar uyiga tashrif buyurib, bu yerda “Armiya va xalq yakdildir” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi hamda yigʻilganlarga ayni kunda Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng ular harbiy okrugning tarixiy muzeyiga borib, eksponatlar bilan tanishdi, turli davrlarda harbiylar hayotiga doir qiziqli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Oʻz muxbirimiz

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.