Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor B.Mirzarahimov Termiz xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalʼoni harbiy qismida boʻlib, shaxsiy tarkib bilan suhbat olib bordi.
Shundan soʻng harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, muddatli harbiy xizmatchilarning yashash sharoitlari, askarlar oshxonasidagi ovqatlanish tartibi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, tibbiy yordam koʻrsatish holati, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy oʻquv xonalarining yangi texnologiyalar bilan taʼminlangani, kutubxonaning adabiyotlar bilan boyitilgani koʻzdan kechirilib, qilinishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
