Qarshi shahridagi 7256-sonli harbiy qismda harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Unda bolalar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ijobiy taassurot olishdi. Soʻngra shaxmat va shashka boʻyicha musobaqa tashkil etildi. 

Musobaqada yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan harbiy xizmatchilarning farzandlari qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Sodiq RAHIMOV,

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.