Joriy yilning 2 aprel kuni IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7532-harbiy qism (Navoiy shahri) Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan Ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi. Undan koʻzlangan maqsad 2021 yil yangi chaqiriqdagi muddatli harbiy xizmatchilar va uyushmagan yoshlarni harbiy qism hududi bilan tanishtirish hamda ularning vatanparvarlik tuygʻularini yanada kuchaytirishdan iborat edi.
Tadbir asosan "Vatanga xizmat qilish - yuksak sharaf" va "Men shu aziz Vatan farzandiman" mavzulari asosida olib borildi. Yoshlar Vatan himoyachilari xizmat oʻtashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishar ekan, ularni harbiylikka boʻlgan havaslari oshdi. Ayniqsa, harbiy texnika va qurol-aslahalarni katta qiziqish, zavqu shavq bilan koʻzdan kechirishdi
Kun tartibidagi "Yosh posbon" tadbiri ham oʻzgacha, koʻtarinkni ruhda kechdi. Unda yoshlar harbiy xizmatchilarning xizmat masʼuliyati va yuklamalari bilan yaqindan tanishishdi. Tadbir soʻngida oʻquvchi yoshlar va muddatli harbiy xizmatchilar oʻzlarining raqslari bilan barchaga xush kayfiyat ulashishdi.
Dilshod MURTAZOEV,
leytenant.
