Oʻzbekiston Respublikasi IIV hamda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasining Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlarining jangovar xizmat faoliyatini yanada takomillashrishiga qaratilgan targʻibot va tashviqot tadbirlarni tashkil etish boʻyicha hamkorlik rejasiga asosan hududlarda ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda. “Samarqand” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyich alohida batalonida ham ana shunday tadbir boʻlib oʻtdi.

 Tadbirda IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlkni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari qoʻmondonlik rahbariyatidan podpolkovnik Sh.Gaffarov, Samarqand harbiy prokurorining oʻrinbosari, adliya kapitani F.Fattullaev, IIV harbiy tuzilmalar boshqaruv apparatidan podpolkovnik A.Mirxodiev hamda harbiy qism komandiri podpolkovnik X.Yusupovlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda shaxsiy tarkib oʻrtasida xuquqbuzarliklarning oldini olish, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy muhofazasini taʼminlash borasida yuzaga kelayotgan masalalarga aniqlik kiritish va ular oʻrtasida profilaktik tadbirlarni yanada yaxshilash borasida soʻz yuritildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash, qonun buzilishi holatlarni oldini olish hamda ijtimoiy muhofaza masalalarida fikr bildirdi. 

Harbiy xizmatchilar tadbirda moddiy taʼminot va ijtimoiy himoya masalalarida oʻzlarining qiziqtirgan savollariga asosli javoblar olishdi.

Zamira BOLTAEVA, 

“Na postu” muxbiri.  

Samarqand viloyati.