IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan 7252-harbiy qismda sayyor qabul oʻtkazildi.
IIV XAXTBQ qoʻmondoni, polkovnik Shokirjon Xudaynazarov, Samarqand harbiy prokurori adliya polkovnigi Odiljon Oʻsarov hamda Samarqand shahar bandlikka koʻmaklashish markazi vakillari tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolaridan kelib tushgan jami 72 ta murojaat koʻrib chiqildi. Eʼtiborlisi, 60 nafar murojaatchining murojaatlari joyida hal etildi. 12 nafariga tushuntirish ishlari olib borilib, nazorat ostiga olindi.
Adiz NARZIYEV,
Harbiy qism komandirining
tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari,
podpolkovnik.
