IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoshinlariga qarashli 7259-harbiy qismda askarlar, harbiy xizmatchilar va faxriylar ishtirokida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Navoiy viloyati veteran jangchi faxriylar boʻlimi raisining oʻrinbosari Abbos Karimov va Navoiy viloyati MIB faxriylar kengashi raisi Mirzo Ashurov harbiy xizmatchilarga vatanparvarlik, mardlik, jasorat, shuningdek, qasamyodga sodiqlik haqida oʻz oʻgit va maslahatlarini berishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun vatanparvarlik toʻgʻrisidagi videorolik namoyish etildi.

Joʻrabek Xoʻjayev,

podpolkovnik.