Pop tumanining 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi 6817 nafar yosh Ichki ishlar organi masʼul rahbarlariga biriktirilgan boʻlib, ular bilan bir qator manzilli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Pop tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, podpolkovnik Muzaffar Nuʼmanov 7-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari bilan harbiy qismga sayohat uyushtirdi. Bundan koʻzlangan maqsad, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini singdirish, ularni har tomonlama rivojlantirish, qatʼiy fikrga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Oʻquvchilar sayohatdan oʻzlariga katta taassurot oldilar.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
