IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Fargʻona shahridagi 7253-harbiy qismga komandir tayinlandi. Shu munosabat bilan qoʻshin qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari – shtab boshligʻi, polkovnik Iqboljon Toʻxtasinov mazkur harbiy qismda boʻlib, yangi taynlangan komandir podpolkovnik O.Gʻulomovni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.

Shu oʻrinda polkovnik Iqboljon Toʻxtasinov vazirlik rahbariyati va qoʻshin qoʻmondonining koʻrsatma hamda talablarini yana bir bor yetkazib, shaxsiy tarkib bilan suhbat oʻtkazdi. Jangovar, maʼnaviy va maʼrifiy sohada olib borilgan ishlarni koʻzdan kechirib, harbiy qismda shaxsiy tarkib uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Oʻz muxbirimiz.