IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Fargʻona shahridagi harbiy qism ofitser va harbiy xizmatchilari tomonidan viloyat qon quyish markazi bilan hamkorlikda begʻaraz donorlik aksiyasi oʻtkazildi.
Ushbu hayriya tadbirida koʻplab harbiy xizmatchilar faol ishtirok etib, qon topshirdilar. Tadbir yakunida Fargʻona viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi rahbariyati donorlik qilgan harbiy xizmatchilarga minnatdorlik bildirdi.
Bu hayrli tashabbus koʻplab bemorlarning hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
