Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan Toshkent shahridagi 7531-harbiy qism negizida oʻquv-uslubiy yigʻin oʻtkazildi. Uch kun davom etgan ushbu mashgʻulotlarda ona Vatanimiz himoyachilaridan jismoniy tayyorgarlik, oʻq otish va mutaxassislik boʻyicha sinovlar qabul qilindi.

Shuningdek, qoʻshinlar qoʻmondonining texnika va qurol-aslaha boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik F. Ergashev boshchiligida Mudofaa vazirligiga qarashli “MS Rem tex” zavodiga ham borilib, texnikalarni taʼmirlash jarayoni koʻzdan kechirildi.

Shu bilan birga, oʻquv yigʻini davomida harbiy xizmatchilar bilan Chirchiq dala oʻquv maydonida “Harbiy texnika va qurol-aslahalarni temir yoʻl platformalariga yuklash va tushirish tartibi hamda ularga qoʻyilgan talablar va ishlab chiqiladigan meʼyoriy hujjatlar” mavzusida amaliy mashgʻulot ham tashkil etildi.

Yuqori saviyada oʻtkazilgan mazkur yigʻin yakunida masʼullarga joylarda shaxsiy tarkibning texnik taʼminot yoʻnalishidagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash uchun doimiy ravishda mashgʻulotlarni sifatli tashkil etish hamda xizmat vazifasi boʻyicha olib boriladigan ishlarni amaldagi sohaviy hujjatlar asosida bajarishi yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.