Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Buxoro shahrida joylashgan 7258-harbiy qismda Buxoro muhandislik texnologiya instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi Adiz Azimov ishtirokida mashgʻulot tashkillashtirildi. Unda shaxsiy tarkibning maʼnaviy-maʼrifiy va huquqiy bilimlarini oshirish, tafakkurida demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 11-sentabr kunidagi Farmoniga asosan “Oʻzbekiston-2030” strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirib oʻtildi.

A.ELOV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.