Buxoro shahridagi 7258-harbiy qismga IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondoni, polkovnik Sh.Xudaynazarov tashrif buyurdi. Tashrif chogʻida qoʻshin qoʻmondoni harbiy qism hududida amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish joylari hamda muddatli harbiy xizmatchilarning yotoqxonasini borib koʻrdi va oʻz fikr mulohazalarini bildirdi. Shu bilan birga harbiy qism shaxsiy tarkibiga dunyoda sodir boʻlayotgan siyosiy vaziyatlar haqida soʻz yuritib, intizomni mustahkamlash va qonunbuzarliklarning oldini olish hamda turli tavakkalchilikka asoslangan totalizator oʻyinlarini oʻynamaslik boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatma va yoʻriqnomalar berdi.
A.ELOV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
