Bolalar va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida doimiy ravishda targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlarida xayrli anʼana tusiga kirgan. Yaqinda qoʻshin qoʻmondonligi vakillari poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan 489-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlishdi. 

Tarbiyalanuvchilar ularga Vatan himoyachilarining mashaqqatli, ammo sharafli xizmatini tarannum qiluvchi sheʼr va qoʻshiqlarni aytib berishdi, turli sahna koʻrinishlari namoyish etishdi. Shundan soʻng qoʻshin qoʻmondonligi masʼullari bolajonlarga Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Bobur kabi buyuk ajdodlarimizning qahramonliklari, mardligi va fidoyiligi toʻgʻrisida soʻzlab berishdi. Shuningdek, sport oʻyinlari tashkil etildi. Tarbiyalanuvchilarga turli-tuman sovgʻalar hadya qilindi.

Oʻktamjon MUSURMONQULOV, 

podpolkovnik.