Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli 7254-sonli harbiy qism qoʻmondonligining tashabbusi bilan "Vatanparvarlik oyligi" doirasida harbiy xizmatchilarning maʼnaviy saviyasini, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida Namangan viloyati IIB muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat mobaynida harbiy xizmatchilar mustaqillik yillarida ichki ishlar organlari faolyati, xizmat oʻtash paytida jasorat koʻrsatgan xodimlar viloyatning oʻziga xos tarixi toʻgʻrisida bir qator maʼlumotga ega boʻldilar.
Boburjon MOʻNISOV,
Harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik.
