IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan 7252-harbiy qism komandiri, podpolkovnik Xomidjon Yusupov boshchiligidagi shaxsiy tarkib Iyd Ramazon oyi munosabati bilan ushbu harbiy qismda uzoq yillar xizmat qilgan marhum harbiy xizmatchilar katta serjant Bekmurod Yunusov va kichik serjant Nodir Abdullayevlarning xonadonlariga borib, oila aʼzolari holidan xabar olishdi. 

Harbiy xizmatchilar mazkur xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan moddiy yordam koʻrsatildi.

Adiz NARZIYEV,

Harbiy qism komandirining 

tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari,

podpolkovnik.