Buxoro viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot guruhi katta inspektori, katta leytenant U.Shukrullayev 7258-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilariga “Avtotransport vositalarini boshqarayotgan vaqtida yoʻl harakati qoidalariga amal qilgan holda boshqarish va xavfsizlik choralarini bajarish hamda yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan yangi oʻzgarishlar” mavzusida maʼruza qildi.
Tadbir soʻngida Oʻzbekiston Respublikasi YHXBB tomonidan tayyorlangan “Mast holatda avtotransport vositalarini boshqarish oqibatida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari va yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasdan avtotransport vositalarini boshqarish oqibatida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari” nomli videorolik shaxsiy tarkibga namoyish etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro ayroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonining 2020-yil 28- sentyabrdagi hamda 2021-yil 8-iyundagi xizmat xatlarining ijrosini taʼminlash maqsadida shaxsiy va xizmat avtomashinasi bor harbiy xizmatchilardan yoʻl harakati qoidalaridan sinovlar qabul qilindi.
O. DAGAROV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
