Fargʻona viloyati IIB va uning tarkibiy tuzilmalari umumxalq hasharida faol ishtirok etishdi. Binolar atrofi, hovli va ariqlar tozalandi. Daraxtlarga ishlov berildi, oqlandi.
IIV Fargʻona akademik liseyida ham ushbu tadbir zoʻr uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Yerlar chopildi, mevali va manzaralari daraxt nihollari, gul koʻchatlari ekildi.
Shu kuni sohada uzoq yil ishlab, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan isteʼfodagi serjant Neʼmatjon Rahimovning holidan xabar olindi. U istiqomat qilayotgan Yozyovon tumanidagi hovli hashar yoʻli bilan obodonlashtirildi.
Shuningdek, viloyat IIB tasarrufidagi “Yulduzcha” maktabgacha taʼlim tashkilotida ham hashar tashkil etilib, muassasa obod holatga keltirildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
