Bugungi kunda tumanda xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida ayollarning oilaviy sharoiti va muammolarini oʻrganib, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda samarali ishlar olib bormoqda. Misol uchun aytadigan boʻlsak, 385 nafar xotin-qizni ishga joylashtirishda, 83 nafariga tibbiy, 35 nafariga moddiy, 178 nafariga psixologik, 250 nafariga huquqiy yordam koʻrsatishda jonbozlik koʻrsatdi.
Bundan tashqari, 28 nafar xotin-qizning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashgan boʻlsa, 95 ta ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarning yarashishiga erishdi. Shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan 192 nafar xotin-qizga himoya orderi berildi. Shuningdek, hamkorlikda olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 135 ta oila yarashtirildi, 57 ta oilaning nizosi bartaraf etildi. Order talabini buzgan 25 nafar zoʻravonga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.
– Hayotimni kasbimsiz tasavvur etolmayman, – deydi kapitan Guli Ochilova. – Chunki jamoamizdagi barcha hamkasblarim menga ogʻa-inidek boʻlib qolishgan. Oilamdan esa koʻnglim toʻq. Turmush oʻrtogʻim, Xurshid aka tushungan inson. U kishi boshqa kasb sohibi boʻlsa-da, xizmatimni qadrlaydi. Shu bois ham zimmamdagi vazifani, berilgan topshiriqlarni bajarishga doimo ulguryapman.
Mirzoqul AHADOV,
oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
