Namangan tumani hokimlik binosida hokim va Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektorlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, profilaktika inspektorlarining ish samaradorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shu bilan birga mahalla va koʻchalarga oʻrnatilgan video kuzatuv kameralarini profilaktika inspektorining xizmat xonasiga integratsiya qilish masalasi koʻrildi.
Shuningdek, masʼullarga mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish va “qizil” toifadagi mahallalarni bosqichma-bosqich “sariq” hamda “yashil” toifalarga oʻtkazishda birgalikda ish tashkil qilish vazifasi yuklatildi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
