Jizzax shahrining Zilol mahallasida joylashgan qurilish mollari bozorida Toshkent viloyati Angren shahri “Mirobod” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi B.E. boshqaruvidagi “HOWO” yuk mashinasi fuqaroni urib yubordi. Hodisa avtoulovni orqaga harakatlantirish jarayonida roʻy bergan.
Jizzax shahrining Yoshlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi jabrlanuvchi B.M. ikkala tomon qovurgʻalar sinishi tashxisi bilan shifoxonaning jonlashtirish boʻlimiga yotqizilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
