“Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida nafaqat nazorat-reyd tadbirlari, balki targʻibot-tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda. 

Shunday tadbirlarning navbatdagisi Navoiy viloyati IIB JXX JTSB Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar bilan tashkil etildi. 

Unda masʼullar maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan uchrashib, koʻcha va jamoat joylarida yurish turish qoidalariga rioya qilish, spirtli ichimlik isteʼmol qilmaslik, turli koʻrinishdagi huquqbuzarliklar va jinoiy xatti-harakatlar sodir etmaslik borasida tushunchalar berib oʻtildi.

Bundan tashqari boshqarmaning sohaviy xizmat xodimlari oʻz yoʻnalishlari doirasida oilaviy-maishiy kelishmovchilik va janjallar, yoʻl-transport hodisalarining sabab va oqibatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bergan boʻlsa, Majburiy ijro byurosining maʼsul vakili voyaga yetmagan farzandlarning moddiy-maʼnaviy taʼminoti, ota-onalik burchi va vazifalarining huquqiy asoslari boʻyicha tushuntirish ishlari olib bordi. Jarayonda mazkur shaxslarga mavzuga oid targʻibot materiallari tarqatildi.

Mahliyo Xolova,

oʻz muxbirimiz,

Navoiy viloyati.